Читаем Kets Yulduzi полностью

Tyurin bu so‘zlarni eshitib qoldi shekilli, gap qo‘shdi: — Katta planetalarda elementlar yuzadan markazga tomon uzlarining ko‘tarilib boruvchi solishtirma og‘irliklariga qarab joylashgan, yuqorida silitsiy, alyuminiy — «sial», pastroqda silitsiy, magniy — «sima», undan ham pastda nikel, temir — «nife», temir va yana ham og‘irroq metallar — platina, oltin, simob, qo‘rg‘oshin, Sizning oltin asteroidingiz — halok bo‘lgan ilaneta markaziy yadrosining bir bo‘lagi. Kam uchraydigan hodisa. Osmondagi oltin sochmalariga ko‘p umid bog‘lamang.

Menn uyqu elita boshladi. Badanim yerdagi kecha-kunduzga, sergaklik va uyquga qattnq o‘rganib qolgan ekan.

— Uxlayapsizmi? — dedi Tyurin. — Xayrli tun. Men bo‘lsam juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. Observatoriyada bir me’yorda uxlashni tamom unutayozgan ekanman. Endi esa ora-sira uxlab oladigan hayvonlarga o‘xshab qoldim. Xuddi mushukday.

U yana nimalarnidir gapirdi, lekin men hech narsani eshitmasdim. Portlashlar tingan, osoyishtalik… Tushimga Leningraddagi laboratoriyam kiripti…

Bir sutkadan keyin osmonga qaradim-u, Oyni ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. U butun ko‘kni egallab olgan va o‘z salobati bilan kishini qo‘rquvga solardi. Oygacha atigi ikki ming kilometr masofa qolgan edi. Tog‘lar, vodiylar, suvsiz «dengiz» lar kaftdagiday ko‘rinib turardi. Ayrim tog‘ tizmalari, allaqachon so‘ngan vulqon kraterlari yaqqol ajralib turibdi. Hatto og‘zi ochiq yoriqlargacha ko‘zga tashlanyapti…

Astronom Oydan ko‘z uzmasdi. U, o‘z tili bilan aytganda, Oy sirtidagi «har bir toshni» allaqachonlardan beri bilardi.

— Ana, qarang, chetdagisi. Bu Klavius, pastda — Tixo, undan pastroqda — Alfons, Ptolemey, o‘ngda — Kopernik, undan keyin esa Apennin, Kavkaz, Alp…

— Pomir, Himolay, Kordilyer yetishmas ekan, — dedim men.

— Oyning narigi tomonidagi tog‘ cho‘qqilarini shunday deb agaymiz, — dedi kulib geolog. — Ularga hali hech kim nom qo‘ymagan.

— Ana… Oy-u, mana… Oy! — deb xitob qildi Tyurin. «Yerdagi» dan yuz marta katta. Oh!.. — ingrab yubordi u. — Yana og‘irlik.

— Kapitan tormoz beryapti, — dedi geolog. — Oy bizni o‘ziga gobora qattiqroq tortyapti. Yarim soatdan keyin manzilga yetamiz.

Men suyunib ketdim, ayni vaqtda yuragimni vahima bosdi. Oyga sayohat qilgan va birinchi qo‘nishda hayajonlanmagan kishi bo‘lsa, mayli, meni qo‘rqoq deyaversin.

Oy shundoq ostimizda. Endi u osmonning yarmini egallab olgan. Tog‘ cho‘qqilari ko‘z oldimizda yuksalib boryapti.

Lekin qnziq: Oy, xuddi Yerga o‘xshab, yuqoridan sharning qabariq sirtiga o‘xshab emas, balki to‘ntarilgan ola-bula zontikday bukik ko‘rinadi.

Tyurin ingradi: portlashlar kuchayib borardi. Shunga qaramay u Oydan ko‘z uzmasdi. Shu payt Oy qayoqqadir yon tomonga surildi. Gavdamning bir tomoni og‘irlashib ketganidan raketa yana yo‘nalishnni o‘zgartirganini payqadim. Og‘irlik yo‘nalishi shu qadar o‘zgardiki, Oy endi bizdan ancha balandga «chiqib ketdi». «Shiftda» yurishni tasavvur qilish ham qiyin edi.

— Sabr qiling, professor, — dedi geolog Tyuringa murojaat qilib. — Atigi ikki-uch kilometr qoldi. Raketa juda sekin uchyapti: sekundiga yuz metrdan ortiq emas. Hozir raketadagi gaz bosimi Oyning tortish kuchiga baravar, binobarin, raketa inersiya bo‘yicha harakat qilyapti.

Yana hamma narsa avvalgi holiga qaytdi. Og‘irlik yo‘qoldi.

— Biz qayerga qo‘namiz? — deb so‘radi yigirma sekundlardan so‘ng o‘ziga kelgan Tyurin.

— Tixo Brage yaqiniga bo‘lsa kerak. Atigi besh yuz metr qoldi, — dedi Sokolovskiy.

— Voy-voy! Yana portlash! — ingrab yubordi Tyurin.

Mana, hammasi joyida. Oy endi pastda, bizning ostimizda.

— Hozir qo‘namiz… — dedi Sokolovskiy hayajon bilan. — Faqat qo‘nish vaqtida «oy avtomobili» ga shikast yetmasa bo‘lgani.

Yana o‘n sekundcha o‘tgach, yengil turtkini sezdim. Portlashlar to‘xtadi. Hammamiz asta yonboshlab qoldik.

XIV. OY SIRTIDA

— Xush kelibsizlar! — dedi Sokolovskiy. — Hammasi ko‘ngildagidek.

— Qo‘nish vaqtida hatto deraza qopqoqlarini ham yopmabmiz, — dedi Tyurin. — Bu ehtiyotsizlik. Deraza oynalari qoyatosh qirrasiga urilishi mumkin edi.

— Kapitanimiz Oyga birinchi marta qo‘nayotgani yo‘q-ku, — e’tiroz bildirdi unga Sokolovskiy. — Qani, qadrli do‘stlar, fazoviy kostyumlarni kiyib, oy avtomobilimizga o‘tinglar.

Biz tez kiyinib, raketadan chiqdik.

Men chuqur nafas oldim. Garchi apparatimdagi kisloroddan nafas olayotgan bo‘lsam ham, bu yerda gaz boshqacha «maza» kasb etganday tuyuldi. Bu, albatta, xayoliy gap. Ikkinchi his etgan narsam, g‘oyat yengillik bo‘ldi. Bunisi aniq gap edi. Ilgari, raketada uchgan vaqtlarimda ham, Kets Yulduzida ham (to‘la vaznsizlik sharoitida) bunday yengillikni his qilganman, lekin bu yerda, Oyda og‘irlik xuddi «doimiy miqdor» day his qilinadi, faqat Yerdagidan kichikroq, xolos. Hazil gapmi, men endi Yerdagi vaznimdan olti marta yengil edim!

Перейти на страницу:

Похожие книги

Пустые земли
Пустые земли

Опытный сталкер Джагер даже предположить не мог, что команда, которую он вел через Пустые земли, трусливо бросит его умирать в Зоне изувеченного, со сломанной ногой, без оружия и каких-либо средств к существованию. Однако его дух оказался сильнее смерти. Джагер пытается выбраться из Пустых земель, и лишь жгучая ненависть и жажда мести тем, кто обрек его на чудовищную гибель, заставляют его безнадежно цепляться за жизнь. Но путь к спасению будет нелегким: беспомощную жертву на зараженной территории поджидают свирепые исчадья Зоны – кровососы, псевдогиганты, бюреры, зомби… И даже если Джагеру удастся прорваться через аномальные поля и выбраться из Зоны живым, удастся ли ему остаться прежним, или пережитые невероятные страдания превратят его совсем в другого человека?

Алексей Александрович Калугин , Алексей Калугин , Майкл Муркок

Фантастика / Боевая фантастика / Научная Фантастика / Фэнтези