Читаем Usta va Margarita полностью

Endi u atrof-muhitga ko‘z tashlab, yuz bergan o‘zgarishdan taajjubda qoldi. G‘unchalari g‘arq ochilgan atirgul butasi va yuqori peshayvon atrofida qator tizilib turgan sarv daraxtlari g‘oyib bo‘lgan edi, anor daraxti ham, yam-yashil maysazordagi oq haykal ham, maysazorning o‘zi ham ko‘zdan yo‘qolgan edi. Bu manzaralar o‘rnini qandaydir qirmizi quyqa qoplab, bu quyqada suv o‘tlari mavjlanib, qayoqlargadir siljiy boshlagan, Pilatning o‘zi ham shu o‘tlar bilan birga keta boshlagan edi. Endi eng mudhish alam — ojizlik alami uni o‘t bo‘lib yondirib, qalbini iskanjaga olib, yeldek uchirib borardi.

— Siqilib ketyapman, — dedi Pilat, — siqilib ketyapman!

U sovuq va nam qo‘li bilan ridosi yoqasidagi to‘qani yechib yuborgan edi, rido sirg‘alib qumloq yo‘lkaga tushdi. — Bugun havo dim, qaerdadir momaqaldiroq bo‘lyapti, — dedi Kaifa prokuratorning qon quyulgan yuzidan ko‘zini uzmay va uning hali yana yuz berajak barcha iztiroblarini ko‘z oldiga keltirib. «O, bu yil iyun oyi g‘oyat mudhish keldi!»

— Yo‘q, — dedi Pilat, — havoning dimligidan emas, sen bilan, Kaifa, turganimdan siqilib ketdim, — so‘ng u ko‘zlarini suzib jilmaydida, ilova qildi: — O‘zingni ehtiyot qil, hazrati buzruk.

Kaifaning timqora ko‘zlari chaqnab ketdi, boya prokuratorning chehrasida qanday taajjub alomati nujudga kelgan bo‘lsa, endi Kaifaning ham yuzida shunday ajablanish paydo bo‘ldi.

— Nimalar deyapsan, prokurator? — mag‘rur va xotirjam ohangda dedi u, — hukm chiqarilgandan keyin tahdid qilyapsanmi menga? Axir uni o‘zing tasdiqlab berding-ku! Quloqlarimga ishonmayapman! Biz Rim prokuratorining avval puxta o‘ylab, so‘ng o‘z fikrini bayon qilishiga ko‘nikib qolganmiz. Ishqilib, suhbatimizni biron kimsa eshitmadimikin, igemon?

Pilat hazrati buzrukka o‘lik ko‘zlarini tikdi, tishining oqini ko‘rsatib, jilva qilganday bo‘ldi.

— Qo‘ysang-chi, hazrati buzruk! Shu topda, bu srda bizni gapimizni kim ham eshitardi? Nahot men bugun qatl etiladigan anavi sayoq devona yigitga o‘xshasam? Yo go‘dakmidim men, Kaifa? Men qaerda nima deyishimni bilaman. Bog‘ ihota qilin-gan, butun qasr qo‘riqlanmoqda, demak, hatto sichqon ham biron kavakdan kirolmaydi buyoqqa! Naiiki sichqon, hatto anavi, oti pima edi… Kiriaf shahridai chiqqan ham. Aytganday, sen uni taniysanmi, hazrati buzruk? Ha… agar bu yerga o‘shanaqa odam kirib qolgudek bo‘lsa, kirganiga xam ming pushaymon yegan bo‘lardi, bu gapimga endi ishonsang kerak albatta? Xullas, hazrati buzruk, qulog‘innga quyib ol, bugundan e’tiboran sen oromingni yo‘qotasan! Sen ham, qavmlaring ham, — Pilat shunday deb qo‘li bilan o‘ng tomonda, ancha olisdagi do‘nglikda qad ko‘targan ibodatxonaga ishora qildi. — Buni senga men — pontiylik Pilat, Oltin Nayza tutgan suvori aytyapmap.

— Bilaman, bilaman! — dadil javob qildi qorasoqol Kaifa va ko‘zlari chaqnab ketdi. U qo‘lini ko‘kka cho‘zib kalomini davom ettirdi: — Iudeya xalqi, undai vahshiyona adovat bilan nafratlanishingni, uni ko‘p og‘ir musibatlarga mubtalo qilishingni biladi, illo uni butkul mahv eta olmagaysan! Xudo o‘z panohiga olgay bu xalqni! Eshitgay, ha, qudratli qaysar zorimizni eshitgay va bizni qattol Pilatdan hifz qilgay!

— E, yo‘q! — dedi Pilat va endi gapirgan sari, tobora ko‘ngli yengil torta boshladi: endi mug‘ambirlik qilishning ham, ravon jumla tuzish uchun so‘z axta-rishning ham hojati qolmagan edi. — Sen qaysarga mening ustimdan ko‘p marta arz qilding, endi navbat menga keldi, Kaifa! Endi men noma yozib yuboraman, yuborgandayam Antioxiyadagi noibga ham, Rimga ham emas, to‘ppa-to‘g‘ri Kapreyaga — imperatorning o‘ziga yuboraman sizlarning bu yerda, Yershalaimda ashaddiy isyonchilarni o‘limdai qutqarib qolayotganlaringiz haqida. Ana unda Yershalaim ahlini, avvalgi ezgu niyatim bo‘yicha, senlarning nafingni ko‘zlab, Sulaymon ko‘lining obirahmati bilan siylamayman! Yo‘q, suv bilan emas! O‘zing eslab ko‘r, aynan senlarning kasringga, men devorga ilingan imperator nomi zarb qilishgan qalqonlarni qo‘lga olishgan va ko‘rib turibsanki, shaxsan o‘zim bu yerga qo‘shin surib kelishga majbur bo‘ldim, oqibag, Yershalaimda yuz berayotgan voqealarning shohidi bo‘lishimga to‘g‘ri keldi! Gaplarim yodingda bo‘lsin, hazrati buzruk. Hozir sen Yershalaimda ko‘rib turganing bir kohorta qo‘shin — daryodan tomchi! Hali bu shahar poyiga, butunicha Fulminat qo‘shini, arab suvoriylari kelishadi, ana unda quloqlaring achchiq nolayu faryodlar eshitadi! Ana unda sen jiioyatchi Var-ravvanni o‘limdan xalos etganing, ezgulik haqida va’z qilgan faylasufni esa nohaq o‘limga yo‘llaganing uchun ming pushaymon bo‘lasan!

Hazrati buzrukning yuzida xol-xol qizil dog‘lar iaydo bo‘ldi, ko‘zlari yona boshladi. U ham prokuratorga o‘xshab, tishining oqini ko‘rsatib tirjaydida, javob qaytardi:

Перейти на страницу:

Похожие книги

Свет любви
Свет любви

В новом романе Виктора Крюкова «Свет любви» правдиво раскрывается героика напряженного труда и беспокойной жизни советских летчиков и тех, кто обеспечивает безопасность полетов.Сложные взаимоотношения героев — любовь, измена, дружба, ревность — и острые общественные конфликты образуют сюжетную основу романа.Виктор Иванович Крюков родился в 1926 году в деревне Поломиницы Высоковского района Калининской области. В 1943 году был призван в Советскую Армию. Служил в зенитной артиллерии, затем, после окончания авиационно-технической школы, механиком, техником самолета, химинструктором в Высшем летном училище. В 1956 году с отличием окончил Литературный институт имени А. М. Горького.Первую книгу Виктора Крюкова, вышедшую в Военном издательстве в 1958 году, составили рассказы об авиаторах. В 1961 году издательство «Советская Россия» выпустило его роман «Творцы и пророки».

Лариса Викторовна Шевченко , Майя Александровна Немировская , Хизер Грэм , Цветочек Лета , Цветочек Лета

Фантастика / Фэнтези / Современная проза / Проза / Советская классическая проза