Читаем Usta va Margarita полностью

— Unga munojot qil bo‘lmasa! Astoydil munojot qil! Ammo baribir, — birdan Pilatning ovozi so‘ndi, — bundan naf chiqmaydi. Xotining yo‘qmi? — negadir ma’yus ohangda so‘radi Pilat; bunday kayfiyatga tushganidan o‘zi ham hayron edi.

— Yo‘q, so‘qqaboshman.

— Yaramas shahar, — dedi prokurator to‘satdan va xuddi sovuq qotgandek yelkalarini uchirib qo‘ydi, qo‘llarini esa xuddi yuvinayotgandek, bir-biriga ishqadi, — seni o‘sha kiriaflik Iuda bilan suhbat qurmasingdan oldin bo‘g‘izlab ketishganidami, oriy rost, yaxshiroq bo‘lardi.

— Sen meni qo‘yib yuborsang bo‘lardi, igemon, — deb kutilmaganda iltijo qildi mahbus, uning ovozida hayajon paydo bo‘lgan edi, — ko‘nglim sezyapti, meni qatl etishmoqchiga o‘xshaydi.

Pilatning yuzi asabiy burishib ketdi, u yallig‘langan ko‘zini Ieshuaga qaratdi. Ko‘zining oqi taram-taram qizil tomirchalar bilan qoplangan edi.

— O, badbaxt, — dedi u, — nahotki Rim prokuratori, og‘zingdan qanday gaplar chiqqanini bila turib, seni qo‘yib yuboradi deb o‘ylasang? O xudolar! Yoki sening o‘rningda bo‘lishni orzu qilyapti deb o‘ylayapsanmi meni? Fikrlaringga men qo‘shilmayman! Endi gapimni qulog‘ingga quyib ol: agar shu daqiqadan boshlab churq etib og‘iz ochgudek, bironta odamga luqma tashlagudek bo‘lsang, mendan o‘pkalama! Takror aytaman: mendan ehtiyot bo‘l.

— Igemon…

— Jim bo‘l! — deb chinqirdi Pilat va bu payt yana ravonga uchib kirgan qaldirg‘ochni darg‘azab ko‘zlari bilan kuzata boshladi. — Xoy, buyoqqa! — deb baqirdi u.

Kotib va soqchilar kirib, o‘z joylarini egallashdi, shunda Pilat, Kichik Sinedrion majlisida jinoyatchi Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim ja-zosini tasdiqlaganini e’lon qildi, kotib esa Pilatning aytganlarini darhol qayd qildi.

Yana bir daqiqadan keyin prokuratorning qoshida Mark Kalamushkush turardi. Pilat unga shunday buyruq berdi:

— Bu jinoyatchini maxfiy xizmat boshlig‘iga topshirasan, ayni paytda unga, Ieshua Ha-Notsrini o‘zga jinoyatchilardan ajratilgan holda saqlash haqida, shuningdek, Ieshua bilan biron narsa to‘g‘risida gaplashgan yoxud uning biron-bir savoliga javob bergan har bitta maxfiy xizmat xodimi eng og‘ir jazoga mustahiq etilajagi haqidagi farmoyishimni ham yetkazasan.

Markning bir ishorasi bilan soqchilar Ieshua atrofini o‘radilaru uni ravondan olib chiqib ketdilar.

Keyin prokuratorning qarshisida qaddi-qomati kelishgan, oq-sariq soqolli xushro‘y yigit namoyon bo‘ldi; uning ko‘ksini to‘sgan sovutda sherlarning yaltiroq tumshuqlari aks ettirilgan, dubulg‘asiga toj sifatida burgut pati o‘rnatilgan, shamshirining kamarbandiga oltin to‘qalar qadalgan, tagcharmi uch qavat bo‘lgan poyabzalining iplari to tizzasigacha butun boldirini chandib bog‘langan, qnrmizirang ridosi chap yelkasiga tashlangan edi. Bu — legion sarkardasi edi. Prokurator undan, Sobastiya kogortasi hozir qaerda turipti, deb so‘radi. Sarkarda, sebastiyaliklarning hozir Hippodrom oldidagi maydonni qurshab turgani, u yerda jinoyatchilar ustidan chiqarilgan hukm xalqqa elon qilinajagi haqida xabar qildi.

Shunda prokurator sarkardaga Rim kohortasidan ikki kenturiya ajratishni buyurdi. Bu kenturiyalardan biri Kalamushkush boshchiligida jinoyatchilarni, qatl etish ashyolari ortilgan aravalarni va jallodlarni Taqir Tepaga kuzatib borishi, so‘ng ular yetib borgan zahoti yuqori qismini qurshab olishi lozim edi. Ikkinchi kenturiya esa hoziroq Taqir Tepaga jo‘nab ketib, darhol uning atrofini ihota qilib olishi zarur edi. Prokurator Pilat shu maqsadni ko‘zlab, ya’ni Tepani muhofaza kilish uchun, sarkardadan ko‘makchi otliq polk qo‘shinini yuborishni iltimos qildi.

Sarkarda chiqib ketgach, prokurator kotibga yuzlanib, Sinedrion prezidenti hamda uning ikki a’zosini, shuningdek, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardorini qasrga taklif etishni buyurdi, lekin shu buyrug‘i ketidan yana ilova qildi:

— Shunday qilginki, taklif etilgan shu odamlar bilan kengashga o‘tkazishdan oldin, men prezident bilan xoli uchrashib olay.

Prokuratorning amri tez va aniq bajarildi. Keyingi kunlarda Yershalaimni benihoya shafqatsizlik bilan qizdirayotgan quyosh hali qiyomga yetmasdan bog‘ning yuqori peshayvonida, uning zinasida qo‘riqlab turgan bir juft oppoq marmar sher oldida prokurator Sinedrion prezidenti vazifasini o‘tayotgan Iudeyaning buzruk hazrati Iosif Kaifa bilan uchrashdi.

Bog‘da sokinlik hukm surardi. Lekin prokurator ustunlar orasidan o‘tib, poyalari haybatli fil oyoqlarini eslatuvchi palma daraxtlari o‘sib turgan bog‘ning oftob nuriga g‘arq bo‘lgan ustki sahiiga chiqqan edi, ko‘z oldiga u yomon ko‘rgan Yershalaim shahri o‘zining osma ko‘priklari, qal’alari va — eng muhimi — butun tomi ajdarning tangasimon terisini eslatuvchi, marmar toshlar va oltindan bino bo‘lgan, mahobati hech bir ta’rifga sig‘maydigan ulkan ibodatxonasi bilan ko‘z oldida namoyon bo‘ldi va prokuratorning ding quloqlariga juda olisdan — qal’aning tosh devori qasr bog‘ining quyi peshayvonini shahar maydonidan ajratib turgan pastlikdan odamlarning vaqti-vaqti bilan goh faryodga, goh na’raga o‘xshab ketuvchi zaifgina g‘ovuri chalindi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Свет любви
Свет любви

В новом романе Виктора Крюкова «Свет любви» правдиво раскрывается героика напряженного труда и беспокойной жизни советских летчиков и тех, кто обеспечивает безопасность полетов.Сложные взаимоотношения героев — любовь, измена, дружба, ревность — и острые общественные конфликты образуют сюжетную основу романа.Виктор Иванович Крюков родился в 1926 году в деревне Поломиницы Высоковского района Калининской области. В 1943 году был призван в Советскую Армию. Служил в зенитной артиллерии, затем, после окончания авиационно-технической школы, механиком, техником самолета, химинструктором в Высшем летном училище. В 1956 году с отличием окончил Литературный институт имени А. М. Горького.Первую книгу Виктора Крюкова, вышедшую в Военном издательстве в 1958 году, составили рассказы об авиаторах. В 1961 году издательство «Советская Россия» выпустило его роман «Творцы и пророки».

Лариса Викторовна Шевченко , Майя Александровна Немировская , Хизер Грэм , Цветочек Лета , Цветочек Лета

Фантастика / Советская классическая проза / Фэнтези / Современная проза / Проза
Концессия
Концессия

Все творчество Павла Леонидовича Далецкого связано с Дальним Востоком, куда он попал еще в детстве. Наибольшей популярностью у читателей пользовался роман-эпопея "На сопках Маньчжурии", посвященный Русско-японской войне.Однако не меньший интерес представляет роман "Концессия" о захватывающих, почти детективных событиях конца 1920-х - начала 1930-х годов на Камчатке. Молодая советская власть объявила народным достоянием природные богатства этого края, до того безнаказанно расхищаемые японскими промышленниками и рыболовными фирмами. Чтобы люди охотно ехали в необжитые земли и не испытывали нужды, было создано Акционерное камчатское общество, взявшее на себя нелегкую обязанность - соблюдать законность и порядок на гигантской территории и не допустить ее разорения. Но враги советской власти и иностранные конкуренты не собирались сдаваться без боя...

Александр Павлович Быченин , Павел Леонидович Далецкий

Проза / Советская классическая проза / Самиздат, сетевая литература