Soqiyo, kel endi sungil jomni,Joyla tuproqqa g‘ami ayyomni.Ber qo‘limga bir piyola may shu dam,Tashlayin malla to‘nu ehromni.Aql elicha bu yomonlik bo‘lsa ham,Istamaymiz sharmu oru nomni.Boda sun ham ushbu mag‘rurlikdan,Tinchlanib qo‘y nafsi beoromni.Bu yoniq ko‘ksimdan ohim o‘tlari —Tushdi, kuydirdi shu bag‘ri xomni.O‘z dilim sirriga mahram topmadim,Izladim har qancha xosu omni.Bir dilorom ila ko‘nglim shod erur,Eltdi dildan bir yo‘la oromni.Boqmagay hargiz chamanda sarvga,Kimki ko‘rsa ul sihiandomni.Sabr qil, Hofiz, tunu kun ranjiga,Bir kuni topgaysan albat komni.
* * *
G‘ami tokim dilimda tutdi ma’vo,Boshimga zulfi yanglig‘ tushdi savdo.Uning o‘tdek labi obi hayotdir,Bo‘libdir ul olov bag‘rim aro jo.Qachonlardan beri himmat qushigaBo‘libdir ul qadi ra’no tamanno.Baland qaddiga men bo‘lganman oshiq —Mudom oshiq ishi goksak va a’lo.Oqar yosh gavhari ko‘z daryosidan,Duru marvarid ila to‘ldi dunyo.Sochar anbar isin tong yeli bu kun,Magar yorim qilibdur sayri sahro?Mudom Hofiz tili, ey sarvi nozim,Qading maqtovida burro va go‘yo.