Gul yonda-yu may qo‘lda, rafiq dilbari jondur,Menga bu kabi kunda g‘ulom shohi jahondur.Ayt: sham’ ketirmangiz-u bazm ichra bu oqshom,Oy yuzli go‘zalning yuzi majlisda ayondur.Gar mazhabimiz boda halol der edi, lekin,Ey sarv, yuzing bo‘lmas ekan, boda yomondur.Doim qulog‘im band nayu nag‘mayu changga,La’li labu jom davriga ko‘zlar nigarondur.Majlisga atr xrjat emas, jonni dimog‘iHar lahza soching islaridan atrga kondur.Qand ila shakar qancha shirin bo‘lsa, dam urma,Shirin labing orzusi menga virdi zabondur.Ul choqki, g‘aming xaznasi joy oldi dilimda —Shundan beri men qulga xarobotda makondur.So‘z qilma uyatdan — meni rasvoligim undan,So‘rma otim — ul ot meni sharmimga ziyondur.Och ko‘zniki, rind, mayxo‘ri ovvora desang — biz,Bu shahrda bizdek emas ul kimsa qayondur?Aybimni dema muxtasib oldidaki, ul hamBizdek qiladur aysh talab qancha zamondur.Hofiz, mayu ma’shuqasiz o‘lturma zamone —Kim, yosumanu gul chog‘i, iydi ramazondur.Ikki rafiq shu zamon beg‘arazu olijanob,U — she’r to‘plami ham suv qo‘shilmagap mayi nob.Bu yulga yolg‘iz o‘zing yurgil, ofiyat yuli tor,Ko‘tar piyolani — o‘tgan umr erur noyob.Bilimga etmay amal qayg‘uruvchi bir men emas,Qilur o‘zin ulamo ilmi beamalda xarob.Aql ko‘zi bila boqqil bu fitna olamiga,Jahon ila bu jahon ishlari jadal va shitob.Yuzingga yetmak umidi ko‘p erdi dilda, biroq,Ajal — umid va umring yo‘lida bir girdob.Hikoya so‘zlama, oy yuzli yor zulfini tut:Shum ila qutlug‘ erur Zuhrayu Zuhalda hisob.Topolmagaylar uni hech bir nafas hushyor,Negaki, Hofiz azal bodasi bilan serob.
* * *
Ko‘zim qorachig‘i qon ichra noladan tun-kun,Qaro sening tilaging-la shu holda xalq butun.May ila mast ko‘zu la’l labingni yodi bilanQizil may ichdim-u, u hasratingda bo‘lgay xun.Yuzing quyoshi sening mashriq ostonangdanAgarda chiqsa kulib, porlagay bu baxti zabun.Hikoya ayladi Shirin labin mudom Farhod,Ham etti Layli sochi halqasin makon Majnun.Dilimni ovla — qading sarvi diljo‘y emish,Gapir — yoqimli so‘zingda erur durri mazmun.Shu boda davrida ber jonga rohat, ey soqiy,Falakni jorli davri yurakka soldi tugun.O‘shal zamonki, ketibdur yonimdan ul yorim,Ko‘zimni tegrasida bo‘ldi yoshlarim Jayxun.Nechuk bu g‘amli yurak shod o‘lub, quvong‘aykim,Io‘q ixtiyor o‘zida, zarra yuq qaroru sukun.Esin yo‘qotganidan yor etar talab Hofiz,Chunonchi, istadi yo‘qsil xazinai Qorun.