Qo‘rqaman — g‘am pardasin yirtar oqib yoshim qator,Dildagi pinhon sirim olamga bo‘lgay oshkor.Bir maqomda sabr etib, tosh la’l bo‘lgay deydilar,Bo‘lga-yu, ammo jigar qoni-la bo‘lgay e’tibor.Arzu dod etmoqni xohlarman bu kun mayxonada,Shoyad unda dil bo‘lur g‘amdan yirog‘-u beg‘ubor.Kekkayish bordur go‘zal ul sarvi qadding boshida,Qisqa bu qo‘llar qachon u belga yetgay, e nigor?To‘lgan oysan bu ko‘ringan baxtu davlat qasrida,Boshlar ostonasin tuprog‘i bo‘lgaylar qator.Har tarafdan yo‘lladim senga duolar o‘qlarin,Loaqal undan biri albatta qilgay senga kor.Sap-sariq zardek yuzim, mehringni kimyosi bilan —Himmating tuproqni oltin aylagay, e baxtiyor.Yorima ohista-ohista so‘zimni arz qil,Ehtiyot bo‘l, bexabar qolsin sabo, e joni zor.Nogahon g‘am kelsa senga, o‘zni tut — bo‘lma tajang,Shukr qilg‘il, toki battarrog‘iga bo‘lma duchor.Sen ishongil, g‘am yema, sabr ayla, ey dil, oqibatShomdan tong, kechadan kunduz kelur, qishdan bahor.Men ajab hayratdadurman ul raqibning kibridan,Topmasin, yo Rab, bu xil nomard hargiz e’tibor.Hurmati albatta kun-kundan oshar xalq oldida,Husnidan boshqa fazilat ham agar insonda bor.Dilda mehring, boshda ishqing sut bilan kirgan erur,Tanda jonim boricha qolgay tanimda barqaror.Bosh chiqargay qabridan Hofiz oyoq o‘pmoq uchun,Qabrin ustiga qadam qo‘ysangiz — unga iftixor.
* * *
Shirin hosil berur — do‘stlik daraxtin o‘tqaz, ey inson,U dushmanlik niholin yulki, bergay g‘am, alam, armon.Bo‘lib mayxona mehmoni, may ich mastonalar birlan,Xumori bo‘lma hargizkim, boshing og‘riydi, ey jonon!Bu suhbat tunlarin bilgil g‘animat, shodu xandon bo‘l,Qorong‘ulik, yorug‘liklar kelur, ko‘r o‘zgarur davron.Yo‘lin Majnunga bursin — Laylining sorbonini yo‘lla,Uning hukmidadir, s Rab, quyosh birlan mahi tobon.Hayotingni bahorin topki, yo‘qsa bu chaman har yilOchar yuz g‘uncha nayerindek, ko‘rar bulbulcha ming xushxon.Mening majruh dilim zulfingga bog‘lanmish, Xudo haqqi,Buyur, jonimga orom bersin ul la’li labing shul on.Madoring ketmish, ey dil, g‘am yuki ostida qolmishsan,Borib bir kosa may ich, balki bo‘lgay dardingga darmon.Qarilik chog‘ida Hofiz tilar bu bog‘da Tangridan:Ariq bo‘yida topsa sarvqomatlik go‘zal jonon!