Mastman yoding bilan — menga pisand ermas sharob,Xumga ayt, ketsin olib bosh, bo‘ldi xumxona xarob.Gar bihishtning bodasi ham bo‘lsa, siz yerga to‘king,Har shirin sharbatki ersa, yorsiz bergay azob.Ming taassuf, dilbarim keldi-yu, ko‘zim yoshlanib,Yor xatu xolin ko‘rishga tomchilar bo‘ldi hijob.Uyg‘on, ey ko‘z, chunki beparvo yotish mumkin emas,Uyqu joyidan kelur bu sel — damodam behisob.Yor o‘tar senga jamolin oshkoro ko‘rsatib,O‘zgalar ham ko‘rmasin, deb husniga tutgay niqob.Gul sening alvon yuzingda ko‘rdi terning jilvasin,Rashk o‘tida qoldi, shul dam gulni g‘arq etdi gulob.Yondi yuz-yuz sham husningdan ko‘ngil bazmiaro,Bu taajjubkim, yuzingda bor edi qat-qat hijob.Dashtu sahro yashnadi, qo‘ldan bu fursat ketmasin,May bilan serob bo‘lgil, bu jahon butkul sarob.Endi zavqim xonasida yo‘q nasihatga o‘rin,Nag‘maga to‘ldirdi bu uyni nayu changu rubob.Sevgi yo‘li qanchalar kengdirki, ta’zimi uchunOsmon bo‘lmshp bu dengiz ichra go‘yo bir hubob.Ey ko‘ngilning nuri, diloro yuzingni ko‘rmagach,Raqs etar go‘yoki o‘t ustidan dil jizg‘in kabob.Tong emasdir bo‘lsa Hofiz oshiq shaydoyu rind,Negakim, bu vaz’iyat yoshlik chog‘ida sozu bop.
* * *
Yuzing husning-la tuzdi ittifoq-u, oldi dunyoni,Jahonni olsa bo‘lgan ittifoqlik birda har oni.Muhabbat ahlining sirrini ochmoq bo‘lgan erdi sham’,Xudoga shukrkim, kuydi tili-yu, ketdi darmoni.Sening rangu hidingdan so‘zlamoqni xohlab erdi gul,Sabo qizg‘andi yu, dam tortdi gulning bitdi imkoni.G‘urur aylab, boshiga egri qo‘ydi do‘ppisin lola.Qizil may ko‘ksini dog‘ etdi — ravshandir yurak qoni.U kun bir kosa may ishqi butun kuydirdi borimni,Go‘zal soqiy yuzining aksidan o‘t tushdi pinhoni.Zamona ishlari bir nuqtadek jismim o‘rab oldi.Yurardim aylanib pargor kabi — soldi bu g‘avg‘oni.Yozibdurlar buni gul yaprog‘iga lola qonidan,Kimiki puxtadur, olg‘ay qizil may qo‘lga har oni.Qo‘limga jomi Jamshidiyda may ber tongda, mayno‘shlarQuyoshdek nur sochar tig‘i bilan fath etdi dunyoni!Ko‘z och, fursatga boq — olamaro ko‘p fitna qo‘zg‘algach,May ichdi g‘am bilan, soz oldi qo‘lga yurtning eshoni.Mening qalbimaro har damda yongan yoshirin o‘tdanQuyosh bir shu’ladurkim, ko‘kka chiqdi — bo‘ldi nuroniy.Latofat suvlari, Hofizki, nazmingdan tomib turgay,Bo‘laklar qay yo‘sin fahmi olur bu xilda ma’noni.